Mirkarimova Munisa
Muallif doira ko‘rinishidagi soat tasvirlangan asarda inson hayotining qadrini, ortga qaramay shoshayotgan umrning kishibilmas shiddatli o‘tishini yengil uchayotgan kapalaklar tasviri bilan ifodalagan. Marmar fonidagi tillarang vaqt ko‘rsatgichlari kabi qanot qoqayotgan kapalaklar tasviri inson umrining, vaqtning oltinga tengligini ifodalaydi.