Begaliyeva Kamila
Muallif dumaloq kompozitsiyaga ega turli rangdagi dur, munchoqlardan ishlangan ushbu asarda qat’iyat bilan ifodalangan ayolning gavdaga qadar portretini tasvirlagan. Ko‘zgu taqib olgan, boshini mag‘rur holatda tik ko‘tarib turgan ayolda go‘zallik va o‘ziga ishonch beriladi. Pushti fon esa nazokat, o‘zini sevish ramzi sifatida talqin etilgan.