Shota Rustavelli, 156, 100121 Tashkent
Название картины
QR Code

Unutilgan sovg’a

Ganiyeva Dilso‘z

👁 1544 просмотров
📅 2-May, 2025-yil 17:14

Romb shaklidagi kompozitsiyani muallif uch qismga bo‘lgan, markazida tabiat qo‘ynida ko‘l manzarasini ishlayotgan oppoq libos ustidan ko‘k fartuk taqib olgan, oq shlyapadagi rassom ayol tasvirlangan. Qirg‘oqda baland daraxt, ko‘lda esa kimsasiz qayiq ifodalangan. Asar bir tarafida “Lord Genryning ilhom parisi” kollajini eslatuvchi tasvirlar, ikkinchi tomonida esa yuzlariga niqob taqib olgan tartibsiz inson qomatlari tasvirlangan. Tabiatdan bahra olish, atrofni o’rab turgan go’zallikni vaqt jadalligida payqamay qolgan insonlar haqida muallif falsafiy tarzda o’z munosabatini bildirgan.