Abdumalikova Nabira
Asarda mavj urib to‘lqinlanayotgan dengizdagi ikkita alvon rangdagi yelkanlar ifodalangan. Dengiz to‘lqinlari va bulutli osmon go‘yo uyg‘unlashgan tusda. Dengiz to‘lqinlarining oq va ko‘k tusi bulutlar va osmon bilan hamohang. Alvon yelkanlarning suvdagi aksi asarning fazoviy chuqurligini ifodalagan. Muallif asarda erkinlik va harakat tuyg‘usini ilgari surgan.