Anvariy Robiya
Asarda muallif ayol ichki holatini ochib berishga harakat qilgan. Kompozitsiya markazida ko‘zlari yumiq, boshlari egik, o‘y hayollarga sho‘mgan qiz tasvirlangan. Asar qahramoni sokin kayfiyatda ifodalangan bo‘lishiga qaramay, tasvirlanuvchi portretining atrofidagi otilib chiqayotgan bo‘yoqlar talqini ichki olamidagi g‘alayonni eslatadi. Qiz noaniqlik va chalkashlik ramzi bo‘lgan loyqa fon bilan ifodalangan.