Abdulbakiyeva Amina
Asarda go‘yo suv aksidan mozaika uslubida ko‘zgu bo‘laklaridan yaratilgan dengiz jonzoti tasvirlangan. Okean tubining ramzi bo‘lgan moviy fonda jonzotning erkin harakati ifodasi yorug‘likni singdirib harakat illyuziyasini yaratmoqda. Muallif tomonidan ko‘k rangdagi suvning mayda bo‘laklarga bo‘linishi go‘yo singan ko‘zguga o‘xshatilgan, singan ko‘zgu bo‘laklaridan yana go‘zallik vujudga kelishi g‘oyasi berilgan.