Abdulbakiyeva Amina
Asar markazidan yuqoridan pastga qarab yo‘naltirilgan avtomobil tasvirlangan. Notekis yuzalarni kezib o‘tib muz kabi silliq yuzada ketayotgan avtomobil falsafiy mazmunda inson hayoti ramzi tarzida talqin etilgan. Asarda yaltiroq, silliq yo‘lak davomida qanday sinovlar kutayotgani mavhumligi, ammo inson hayotida yashashga bo‘lgan umid bilan shu yo‘lda davom etishi chuqur mushohadaga chorlaydi.