Ganiyeva Dilso‘z
“Lord Genriyning ilhom parisi” deb nomlangan ushbu kollajni muallif Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” asaridan ilhomlanib yaratgan. May ko‘targan ayollar, tamaki tutuniga to‘lgan qahvaxona, shirakayf personajlar, vahimali ko‘chalaru, sovuq inshootlar tasviri bilan uyg‘unlashib ketgan. Asarda tasvirlanuvchilar gavjum ko‘rinsa-da, biror qahramonning ikkinchi qahramon bilan aloqasini ko‘rmaymiz, har biri o‘z dunyosida, o‘z qobig‘ida ifodalangan.