Turg’unova Muattar
Kuz manzarasini eslatuvchi qizg‘ish tusga kirgan daraxtlar orasida bug‘ular to‘dasi ifodalangan. Issiq ranglar gammasida talqin etilgan sokin o‘rmonzorni kezib yurgan sergak bug‘ilar diqqati bir nuqtaga qaratilgan, go‘yo o‘rmon sukunati buzilgandek. Bug‘u ko‘pgina xalqlarda qayta tug‘ilish va kuch-qudrat, jasorat va poklik kabi ramzlarni bildiradi.