Baymatova Shaxrizoda
Ushbu asarda me’moriy manzara ifodalangan. Asar markazidagi uzun va tor ko‘cha, ko‘cha bo‘ylab bir-biriga qarama-qarshi tarzda ikki tomonida ham turli qavatlardagi ranglarga boy tartibsiz joylashtirilgan inshoatlarni ko‘rishimiz mumkin. Chap tarafda issiq, o‘ng tarafda esa sovuq ranglardagi binolar tasvirlangan. O‘ng tarafdagi binolarning biriga “PIZZERIA” yozuvi ilingan. Asarda muallif orzusi sukunat ila talqin etilgan.