Isakova Shahrinoz
Muallif ushbu asari orqali astronomiya ilmining yirik namoyandasi Mirzo Ulug‘bekni tasvirlagan. Romb ko‘rinishidagi asar kompozitsiyasining yuqori qismida Mirzo Ulug‘bek portreti, pastki qismida olim tomonidan qad ko‘tarilgan rasadxona tasvirlangan. Koinot, turli formulalar va tenglamalar asarni to‘ldirib turibdi.