Asqarova Muslima
Asarda oppoq inshoot bir bo‘lagi, ya’ni derazasining manzarasi tasvirlangan. Muallifning ushbu deraza oldidagi ranglarga boy gullar tasviridagi asari tomoshabinga romantik kayfiyat ulashadi. Nur-soya o‘yinlari mohirona talqin etilgan oppoq uyning fasadidagi deraza barglari, o’simlik novdalari, uzun tuvakdagi ochilgan gullar ifodalangan.